AQSh prezidenti Donald Tramp va Davlat kotibi Marko Rubio Kimberli Gilfoylni Gresiyadagi AQSh elchisi lavozimidan uning noo‘rin xatti-harakatlari haqidagi xabarlar fonida olib tashlashni ko‘rib chiqmoqdalar.
Bu haqda Associated Press nashri agentlikdagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, Tramp va Rubio diplomatning xatti-harakatlari haqidagi xabarlardan juda g‘azabda.
Gilfoylning kelajagi bo‘yicha qaror 12 oktyabr kuni AQShda nishonlanadigan Kolumb kunidan bir hafta ichida qabul qilinishi kutilmoqda.