Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Grenlandiyada “Rossiya tahdidi”ni bartaraf etishini ma’lum qildi

Tramp Grenlandiyada “Rossiya tahdidi”ni bartaraf etishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida, Daniya ko‘p yillar davomida Grenlandiyadagi “Rossiya tahdidi”ni bartaraf eta olmaganini bildirib, endi vaziyat o‘zgarishini ma’lum qildi.

Trampning ta’kidlashicha, NATO 20 yil davomida Daniyani Grenlandiya atrofidagi Rossiya bilan bog‘liq xavflarni bartaraf etishga chaqirib kelgan, biroq Kopengagen bu borada sezilarli choralar ko‘rmagan.

AQSh prezidenti Grenlandiya Xitoy va Rossiya faolligi sabab AQSh uchun strategik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor qayd etib, Vashington orol ustidan nazorat o‘rnatishi zarurligini ta’kidladi.

Daniya va boshqa Yevropa rasmiylari esa Grenlandiya NATO'ning jamoaviy mudofaa tizimi bilan himoyalanganini va orol AQShga topshirilmasligini bildirmoqda.

Shuningdek, Tramp Qo‘shma Shtatlar Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritmaguncha yevropalik ittifoqchilarga nisbatan savdo tariflarini bosqichma-bosqich oshirish bilan tahdid qilgan.

Kiritildi: Bugun 13:11. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!