Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp: "Giyohvand moddalar sotuvchilarini qatl etishga va’da beraman"

Tramp: "Giyohvand moddalar sotuvchilarini qatl etishga va’da beraman"

2 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp agar respublikachilar oraliq Kongress saylovlarida g‘alaba qozonsa, mamlakat giyohvand moddalar sotuvchilari uchun o‘lim jazosini qo‘llashini e’lon qildi.

"Biz yirik giyohvand moddalar sotuvchilari, odam savdogarlari va polisiya xodimini o‘ldirgan har bir kishi uchun o‘lim jazosini qo‘llaymiz", dedi u Alabama shtatidagi tarafdorlari oldida.

Bu AQSh prezidentining saylovchilarga bergan birinchi bunday va’dasi emas. Avvalroq, 10 sentyabr kuni Tramp respublikachilar g‘alaba qozonsa, har bir amerikalikka 5000 dollar to‘lashini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!