AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Falastinning G‘aza sektorida «jiddiy ilgarilash» kuzatilmoqda va u yerda yaqin orada sulhga erishish mumkin. Bu haqda u NATO sammiti doirasida Gaagada tashkil etilgan uchrashuvda, NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng ma’lum qildi.
Jurnalistlar savollariga javob bergan Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
«Menimcha, bu juda yaxshi. Kecha Isroil samolyotlari havoga ko‘tarildi. Men bundan faxrlanaman. Ular mumkin bo‘lgan buzilishga javob sifatida uchishdi. Texnik jihatdan to‘g‘ri edi, ammo bundan yaxshi natija chiqmasdi. Shuning uchun ular samolyotlarni qaytarib oldi», — dedi Tramp.
Prezident, shuningdek, Isroil va Eron o‘rtasidagi muammoni maktabdagi ikki bola o‘rtasidagi «janjal»ga qiyosladi va tomonlarga «bir oz urishishga» imkon berilib, keyin ularni oson to‘xtatish mumkinligini aytdi.