AQSh prezidenti Donald Tramp Tehronning Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy bazalariga zarbalaridan so‘ng Eronga qarshi harbiy operasiyalarni tugatishni o‘ylamasligini aytdi.
Amerika yetakchisi bu bayonotni Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.
"Men bu ssenariyni ko‘rib chiqmayapman", dedi Tramp Eron hujumlaridan so‘ng Amerika qo‘shinlarini olib chiqishni o‘ylayaptimi yoki yo‘qmi degan savolga javob berar ekan.
"Men har doim qasos olamanmi? Aslida, ha", deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.