Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Tramp Eronga komment yozaman deb AQShning maxfiy sirini ochib qo‘ydi

Tramp Eronga komment yozaman deb AQShning maxfiy sirini ochib qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitterda Eron kosmik kemasi halokati aks etgan suratni chop etib,  maxfiy sputnik sirini ochib qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Forbes nashri.

"Eronning Semnan One uchirish maydonchasida yuz bergan Safir SLV kosmik kemasining halokatiga AQShning aloqasi yo‘q. Men Eronga eng yaxshi niyatlarimni bildiraman va Birinchi bosqichda sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlashda muvaffaqiyat tilayman", - deb yozgan AQSh prezidenti o‘z tvitterida. 

​Fotosurat chop etilganidan so‘ng, uni astronomlar o‘rganib chiqqan va u yuqori sifatli fotokameraga ega bo‘lgan shpion-sputnik tomonidan suratga olinganini aniqlashgan. Marko Lagbruk fotosurat olingan aniq vaqt va azimutni aniqlaganidan so‘ng “Ushbu  surat USA 224 sputniki orqali olinganiga shubham yo‘q”, deb yozdi.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, ushbu sputnik Yer sharining eng tiniq fotosuratlarini olishi mumkin. USA 224 sputnikida Xabbl teleskopida o‘rnatilgani kabi, 2,4 metrli oynaga ega bo‘lgan  ob’ektiv o‘rnatilgan. Uning yordamida yer yuzida o‘lchami 10sm  bo‘lgan  jismlarni ham farqlash mumkin.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda mavjud bo‘lgan tijorat sputniklari faqat 30 sm jismlarni farqlay oladi. 

USA 224 – AQShning KH-11 nomli optik-elektron shpion sputniklar oilasiga mansub bo‘lib, u orbitaga 2011 yilda chiqarilgan bo‘lib. Uning qiymati 2 milliard dollarni tashkil qiladi. Bugunga qadar Yer orbitasiga 16ta ana shunday sputnik uchirilgan.

Kiritildi: 16:02 04.09.2019. O'qildi: 5106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!