Tramp 19 mayga rejalashtirilgan Eronga beriladigan zarbalarni keyinga qoldirganini ma’lum qildi.
AQSh prezidenti bu qarorga Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlarining iltimosiga binoan kelganini bildirdi.
"Ular ushbu iltimosni hozirgi vaqtda jiddiy muzokaralar olib borilayotgani va buning natijasida AQSh hamda Yaqin Sharqdagi barcha davlatlar uchun to‘liq maqbul bo‘ladigan kelishuvga erishilishi mumkinligi uchun bildirdi", — dedi Donald Tramp.