Tramp Eronga beriladigan zarbalar u o‘zi to‘xtatmaguncha davom etishini ma’lum qildi
AQSh Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bombardimonlar shu hafta ham davom etadi, agar Tehron muzokaralarga rozi bo‘lmasa, keyinchalik amerikalik harbiylar elektr stansiyalari va ko‘priklarga zarba berishni boshlashi mumkin.
Shu bilan birga, Tramp AQSh Eronning Xarg orolini egallash uchun harbiylarni yuborishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob berishni rad etdi.
"Yaxshisi, kelishuv imzolang. Sizdan hech narsa qolmaydi. Sizlarda hech kim qolmaydi", — deya qo‘shimcha qildi Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.