AQSh prezidenti Donald Tramp Eronda iqtisodiy qiyinchiliklar sabab boshlanib, hukumatga qarshi namoyishlarga aylangan protestlar haqida videorolikni Truth Social sahifasida joylashtirdi.
Videomaterial Isroilning 13-kanali tomonidan tayyorlangan. Unda Eronning ikkinchi yirik shahri Mashhadda namoyishchilar soni 1 milliondan oshgani, shahar amalda protestchilar nazoratiga o‘tgani va rejim kuchlari hududni tark etgani aytilgan.
Tramp postida videorolikda qo‘llangan ifodalarni takrorlagan.