Donald Tramp o‘zining Truth Social sahifasida Eron silueti AQSh bayrog‘i ranglarida tasvirlangan xaritani joylashtirdi.
Xaritada Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlar oq rangda berilgan bo‘lsa, Eron hududi AQSh bayrog‘i ranglari bilan ajratib ko‘rsatilgan.
Rasm ustiga “Yaqin Sharq Qo‘shma Shtatlari?” degan yozuv ham joylashtirilgan.
Mazkur post AQShning Eronga qarshi ehtimoliy yangi hujumlarga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlar fonida paydo bo‘ldi.