Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp: “Eron Vashington bilan kelishuvga erishishga harakat qilmoqda”

Tramp: “Eron Vashington bilan kelishuvga erishishga harakat qilmoqda”

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Vashington bilan kelishuvga erishishga harakat qilayotganini aytdi.

Tramp bu bayonotni Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob bersh chog‘ida aytib o‘tdi.

"Ular kelishuvga erishmoqchi, ular bizning xalqimiz bilan gaplashmoqda", dedi Amerika yetakchisi. Biroq, u Tehronning rozi bo‘lishga tayyorligiga ishonchi komil emasligini ta’kidladi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eron tomonida kim aniq muzokaralar olib borayotgani haqida ham noma’lum.

"Biz ularning rahbari kimligini bilmaymiz. Muzokara qilmoqchi bo‘lgan odamlar bor. Biz ularning kimligini bilmaymiz", dedi u.

Eronning yangi Oliy rahbari Mojtaba Xomeney bilan bog‘liq vaziyatga izoh berar ekan, Tramp uning ahvoli haqidagi ma’lumotlar yetarli emasligini aytdi.

"Biz uning o‘lganini yoki tirikligini bilmaymiz. Uni hech kim ko‘rmagan va bu g‘ayrioddiy", dedi AQSh prezidenti.

Amerika yetakchisi shuningdek, Xomenei AQSh va Isroilning zarbalari natijasida jiddiy jarohat olgan bo‘lishi mumkin, jumladan, oyog‘ini yo‘qotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi oyatulloh Mojtaba Xomeney yaralangani haqida xabar bergan edi, ammo uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!