AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan mojaroda muhim qaror qabul qilish arafasida ekanini ma’lum qildi.
Axios nashriga bergan intervyusida Tramp Vashington Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy hujumlarni qayta boshlash yoki boshqa yo‘lni tanlash masalasini ko‘rib chiqayotganini aytdi.
"Oldimda katta qaror turibdi. Eron rejimini yo‘q qilish uchun borishni istaymanmi yoki yo‘qmi? Bu juda muhim qaror. Har qanday voqea yuz berishi mumkin", — dedi Tramp.
Axios ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti kelasi hafta BMT Bosh Assambleyasi doirasida Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Bahrayn, Quvayt va Ummon rahbarlari bilan uchrashib, mojaroning keyingi bosqichini muhokama qilishi kutilmoqda.