AQSh prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, endi Qo‘shma Shtatlar Venesuelani nazorat qiladi.
Tramp bu bayonotni Florida shtatining Palm-Bich shahridagi ko‘chaga o‘z nomini berish munosabati bilan qilgan nutqida aytib o‘tdi.
U shuningdek, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro "Qo‘shma Shtatlar va dunyoga qarshi jinoyatlar" uchun javobgar ekanligini ta’kidladi.
"Men shu oy boshida Mar-a-Lagoda aytib o‘tganimdek, biz Maduroni Qo‘shma Shtatlar va dunyoga qarshi jinoyatlari uchun qo‘lga oldik va endi biz bu mamlakatni nazorat qilamiz", deb e’lon qildi Tramp Venesuelani nazarda tutib. U uni "bir hafta ichida keskin o‘zgargan" "boshqa mamlakat" deb ta’rifladi.