Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Bukingem saroyida yashashni orzu qilganini ochiqladi

Tramp Bukingem saroyida yashashni orzu qilganini ochiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp har doim Bukingem saroyida yashashni orzu qilganini ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

“Men har doim Bukingem saroyida yashashni orzu qilganman!!! Bu haqda bir necha daqiqadan so‘ng qirol va malika bilan muhokama qilamiz”, — deb yozdi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ushbu masalani Buyuk Britaniya qiroli Charlz III bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq, Charlz III AQSh prezidentining davlat tashrifiga nisbatan ehtiyotkor munosabat bildirgani xabar qilingan edi. Qirolning shaxsiy kotibi avval shaxsiy uchrashuv o‘tkazish, keyin esa ehtimol 2026 yoki 2027 yillarda rasmiy tashrifni tashkil etishni taklif qilgan.

Biroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Keyr Starmer idorasi bu taklifni rad etgan.

Kiritildi: 21:04 28.04.2026. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!