Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tramp bir vaqtning o‘zida 100ga yaqin odamni afv etmoqchi

Tramp bir vaqtning o‘zida 100ga yaqin odamni afv etmoqchi

AQShning amaldagi prezidenti, respublikachi Donald Tramp 19 yanvar kuni 100ga yaqin odamning afv etilishi to‘g‘risida e’lon qilmoqchi.

“CNN”ning ma’lum qilishicha, prezident Amerika ommaviy axborot vositalarida ilgari ta’kidlanganidek o‘zini afv etishni rejalashtirmagan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ikki guruh odamlarga nisbatan prezident afvi to‘g‘risida o‘tgan hafta oxirida va 19 yanvar kuni e’lon qilmoqchi bo‘lgan.

Ammo Vashingtondagi tartibsizliklar sabab rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lgan. Endilikda Trampning 20 yanvarga belgilangan demokrat Jozef Baydenning inaugurasiyasi arafasida birdaniga 100ga yaqin odamning afv etilishi to‘g‘risida e’lon qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:00 18.01.2021. O'qildi: 1777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!