AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaning NATOga kirishi mumkinligini e’lon qilganida ahmoqlik qildi , bu qurolli mojaroning boshlanishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda prezidentlikka nomzod va AQShning sobiq yetakchisi Donald Tramp amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Maskga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Bayden Rossiyaga nimadir qildi Putinning Ukrainaga qarorini qabul qilishiga hech qanday imkoniyat yo‘q edi », — dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hokimiyatga kelganidan keyin Bayden rossiyalik hamkasbi bilan muzokaralar olib bormagan va «ahmoqona gaplarni» boshlagan. Ular orasida Amerikaning sobiq rahbari «Ukraina endi NATOga a’zo bo‘lishi mumkin» degan so‘zlarni tilga oldi.