Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp: Bayden tufayli dunyo uchinchi jahon urushiga yaqin

Tramp: Bayden tufayli dunyo uchinchi jahon urushiga yaqin

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning aytishicha, amaldagi davlat rahbari Jozef Bayden hozirda eng yaxshi formada emas. Bunday fikrni u Ayova shtatidagi mitingda nutq so‘zlayotib bildirdi.

"Bayden o‘zining eng yaxshi chog‘ida ham aqlli emas edi. U hozir eng yaxshi holatida emas", dedi Tramp.

Amerikaning sobiq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bayden "nima haqida gapirayotganini bilmaydi", shuning uchun dunyo "uchinchi jahon urushiga har qachongidan ham yaqinroq".

"Men sizni bu urushdan uzoqlashtiraman va buni kuchsizligimni emas, balki kuchimni namoyish etish orqali bajaraman", deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Shuningdek, Tramp Bayden ma’muriyatini zaif tashqi siyosat yuritayotganlikda aybladi.

Kiritildi: 11:02 03.10.2023. O'qildi: 2336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!