Bugun 25 avgust, 2019 yil, yakshanba

КИР

Tramp aybdor! Dunyoning eng boy odamlari bir kunda 100 mlrd dollar yo‘qotdi

Tramp aybdor! Dunyoning eng boy odamlari bir kunda 100 mlrd dollar yo‘qotdi

Donald Trampning birgina gapi deb dunyoning eng boy 500 ta odami bir kunda umumiy boyligining 2 foizini yo‘qotdi. AQSh bozorida joriy yilning eng og‘ir yo‘qotishi kuzatilmoqda, deb yozadi Bloomberg.

  • 21ta milliarderning boyligi o‘rtacha bir milliardga kamaydi. Dunyoning eng boy odami, Amazon asoschisi Jeff Bezos eng ko‘p talofat ko‘rdi. Onlayn-riteylerlarning kotirovkalari tushgani sababli u $3,4 mlrd yo‘qotdi.

O‘zi nima bo‘ldi: juma kuni Tramp nogahon 1 sentyabrdan AQSh Xitoydan importga 10 foizlik boj joriy etishini e’lon qildi. Xitoy ham javobini kuttirib qo‘ymadi: 11 yildan beri ilk bor dushanba kuni dollar/yuan nisbati 1 dollarga 7 yuan psixologik chegaradan o‘tdi. Tramp Xitoyni o‘z eksportining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yuanni ataylab zaiflashtirganlikda aybladi.

Bozor xavotirda. Shundan so‘ng AQSh bozorida joriy yildagi eng talofatli boy berish kuzatildi. S&P 500 indeksi 2,8 foizga tushdi. Katta banklar 2 foiz qiymatini yo‘qotdi. Intel 3,4 foizga, Apple esa 4,3 foizga arzonlashdi.

Kiritildi: 17:42 06.08.2019. O'qildi: 2247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!