AQSh mutlaqo yangi “Trump” sinfiga mansub ikkita harbiy kema qurishga qaror qildi. Ular gipertovushli qurollar va lazerlar bilan jihozlanadi, yadroviy qurol va qanotli raketalarni olib yurish imkoniga ega bo‘ladi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp 22 dekabr kuni Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan marosimda ma’lum qildi.
Trampning aytishicha, ushbu flot dastlab 10 ta kemadan iborat bo‘ladi, kelajakda esa ularning soni 20–25 taga yetkaziladi.
Prezidentning ta’kidlashicha, suv sig‘imi 30–40 ming tonna bo‘lgan bu kemalar AQSh Harbiy-dengiz flotining flagmanlariga aylanadi. Qurilish uchun 26 milliard dollar sarflash rejalashtirilgan. Qurilishni yaqin orada boshlash rejalashtirilgan bo‘lib, u taxminan 2,5 yil davom etadi.
Shuningdek, AQSh prezidenti yana 15 ta yangi suvosti kemasi qurilishi haqida ham ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozirda Vashington ixtiyorida 30 dan ortiq suv osti kemasi mavjud.