AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda benzin narxlari oshishida Ukraina va demokratlarni aybladi.
"Benzin narxi oshishining sababi endi Hurmuz bo‘g‘ozi emas, chunki u yerdan deyarli har kuni rekord miqdorda neft olib chiqilmoqda", — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, narxlar oshishiga Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalari, shuningdek, Kaliforniya kabi demokratlar boshqaradigan shtatlarda AQSh neftni qayta ishlash zavodlarining yopilishi sabab bo‘lmoqda.