Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp AQSh razvedkasidan ko‘ra ko‘proq Putinga ishonadimi?

A A A
Tramp AQSh razvedkasidan ko‘ra ko‘proq Putinga ishonadimi?

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning “Tramp AQSh razvedkasidan ko‘ra ko‘proq Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga ishonadi”, deya ta’kidlagan so‘zlarini yolg‘on deb atadi.

Bu haqda Oq uy rahbari o‘zining tvitterida yozdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Bolton u hukumatda uchratgan eng telba odamlardan biridir

"[Bolton] tez-tez mening o‘z razvedkamizdan ko‘ra ko‘proq Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga ishonishimni ta’kidlaydi. Holbuki, bu haqiqat emas", deb yozgan Amerika prezidenti.

Oldinroq Bolton Rossiya bilan bog‘liq razvedka xabarlarini olganda Trampning qanchalar g‘azablagani haqida aytgan edi.

Kiritildi: 05:00 12.08.2020. O'qildi: 3565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik