Donald Tramp, aftidan, endi Jo Bayden bilan saylovoldi poygasini davom ettirishni kutmayapti. Internetda tarqalgan videoda AQShning sobiq prezidenti Baydenning saylovdan chetlatilishini kutayotganini, Tramp esa AQSh vise-prezidenti Kamala Xarisni o‘zining raqibi sifatida ko‘rishini aniq ko‘rsatmoqda.
The Daily Beast tomonidan chop etilgan videolavhalarda Tramp golf aravasida o‘tirib, tarafdorlari bilan muloqot qilmoqda.
«U [Jo Bayden] shunchaki taslim bo‘ldi, bilasizmi? U poygada mag‘lub bo‘lmoqda», — dedi Tramp AQShning amaldagi prezidenti bilan so‘nggi debatga izoh berdi.
Tramp tez orada yangi siyosiy raqibga ega bo‘lishini qo‘shimcha qildi. AQShning sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, vise-prezident Kamala Xaris prezidentlik saylovlarida demokratlardan nomzod bo‘ladi.