Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp AQSh matbuotiga noodatiy ta’rif berdi

Tramp AQSh matbuotiga noodatiy ta’rif berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh ommaviy axborot vositalarini «nosamimiy» deb baholadi. Impichment tekshiruvi AQSh tarixidagi eng katta sharmandagarchilik, dedi u.

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi. Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina Tashqi ishlar vazirining 25 iyuldagi telefon suhbati va AQShning bu mamlakatga yordam berishni to‘xtatishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘qligini aytdi. Bu borada OAV tomonidan hech qanday xabar tarqatilmaganligini aytgan Tramp, “Matbuot xizmatimiz aqlga sig‘mas darajada soxta. Agar shaffof va ishonchli matbuot bo‘lsa, biz mamlakatimizga yanada yaxshiroq xizmat ko‘rsatgan bo‘lar edik», dedi.

Chorshanba kuni Impichment tergovi davomida Tramp o‘zining birinchi ommaviy eshituvlarini Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog‘an tashrifi tufayli ko‘ra olmaganligini sabab qilib ko‘rsatdi. «Men bugun ertalab sessiyaning bir qismini tomosha qildim. Menimcha bu sharmandagarchilik. Bizda xalq tomonidan saylangan ko‘plab ajoyib respublikachi deputatlar bor, ammo ularga, hatto, gapirishga ham imkon berilmaydi. Ushbu tergov mamlakatimiz uchun sharmandali holatdir”, dedi u.

Kiritildi: 07:15 19.11.2019. O'qildi: 1481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!