AQSh Eronga qarshi so‘nggi zarbalar davomida islom respublikasiga tegishli 28 ta kemani yo‘q qilgan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
Amerika rahbari bu bayonotni Den Patrik podkastida berdi.
"O‘tgan tunda biz 28 ta qayiq va kemani yo‘q qildik", — deya Trampning so‘zlarini RIA Novosti keltirdi.
AQSh prezidenti zarbalar natijasida Eron dengiz kuchlariga tegishli katta miqdordagi texnika yo‘q qilinganini ta’kidladi.