Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tramp: "Agar koronavirusdan 200 ming amerikalik o‘lsa, bu yaxshi natija"

Tramp: "Agar koronavirusdan 200 ming amerikalik o‘lsa, bu yaxshi natija"

Amerika hukumati o‘zining sa’y-harakati bilan COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida qurbonlar sonining yanada ortib ketishi oldini oldi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy hech nima qilmaganida COVID-19 virusidan 2 milliondan ortiq amerikalik o‘lib ketgan bo‘lardi.

«Agarda o‘lim sonini 100-200 mingga qadar qisqartira olsak, yaxshi ishlagan bo‘lamiz», — deydi Tramp.

Shuningdek, u koronavirus tarqalishiga qarshi choralarni 30 aprelga qadar uzaytirish bo‘yicha topshiriq bergan. Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, AQShda koronavirus oqibatida vafot etish holatlarining eng yuqori nuqtasi keyingi ikki hafta davomida kuzatilishi mumkin. Mamlakatning pandemiyadan qayta oyoqqa turishi esa 1 iyundan boshlanadi.

Kiritildi: 10:43 30.03.2020. O'qildi: 3808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!