Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp 17 oktyabrda Vashingtonda Zelenskiy bilan uchrashmoqchi

Tramp 17 oktyabrda Vashingtonda Zelenskiy bilan uchrashmoqchi

Tramp 17 oktyabrda Vashingtonda Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Financial Times

Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti 17 oktyabr, juma kuni Vashingtonda Ukraina yetakchisini qabul qilishi kutilmoqda.

Ukrainaning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi Olga Stefanishina “Suspilne” telekanaliga Tramp Zelenskiyni rasmiy ravishda uchrashuvga taklif qilganini tasdiqlagan.

Bu xabarni Zelenskiy ham tasdiqladi.

Uning aniqlik kiritishicha, Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko, prezident ofisi rahbari Andrey Yermak, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Ruslan Umerov allaqachon Vashingtonga yo‘l olgan.

Reuters suhbatdoshining ma’lum qilishicha, Donald Tramp Vladimir Zelenskiy bilan ishchi tushlik o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:15 13.10.2025. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!