Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentlik o‘quvchilar Oyga “borib kelishdi”

Toshkentlik o‘quvchilar Oyga “borib kelishdi”

Rossiyalik yetakchi IT-mutaxassislari “Virtual va kengaytirilgan reallik kunlari” loyihasi doirasida toshkentlik maktab o‘quvchilariga zamonaviy texnologiya rivojlanish tendensiyalari haqida so‘zlab berishdi va ularga birinchi raqamli loyihalar yaratishni o‘rgatishdi.

Tadbir Rossiya fan va madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

“Virtual va kengaytirilgan reallik kunlari” loyihasi Rossotrudnichestvo granti hisobidan yettita mamlakatda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova va Pridnestrovyeda “Ta’lim innnovasiyalari sohasidagi professiollar” ittifoqi tomonidan “Rossiya segodnya”  XAA va “Kiber strana” ANT bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Toshkentda bolalar uchun virtual va kengaytirilgan reallik rivojlanishi salohiyati va tendensiyalari haqida leksiya o‘qildi. Shuningdek, mahorat darslari va “Valerka vstrechayet Gagarina” tarix rekonstruksiyasi darsi virtual reallik formatida o‘tildi. Bolalar birichni xalqaro oy stansiyasi ichki va tashqi tomondan qanday ko‘rinishiga ega bo‘lishini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ishtirokchilar haqiqiy skafandrda Oy sathiga chiqishga, lunoxodga minib, Yerda quyosh tutilishini chetdan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

“Bu juda ham zo‘r edi! – deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi maktab o‘quvchisi Daniil. – Kelajakda virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalar bilan shug‘ullanish va yuqori natijalarga erishishni juda ham istayman”.

“Bu til bilan ta’riflash bo‘lmaydigan tuyg‘u!  -deya qayd etdi Asal. – Bu ko‘zoynaklarni taqqanda mutlaqo boshqa dunyoga tushib qolasan. Yana suv ostida yoki, masalan, samolyotni boshqarib ko‘rishni istar edim”.

“Ishonchimiz komilki, bolalar nafaqat o‘qituvchilarni tinglab, balki o‘zlari loyiha tayyorlab natijalarini darhol ko‘rishlari mumkin bo‘lgan bunga o‘xshash tadbirlar bo‘lajak kasblar afzalligini ko‘rsatishning yaxshi usulidir, - dedi “Ta’lim innnovasiyalari sohasidagi professiollar” ittifoqining ta’lim loyihalari rahbari Yevgeniy Antonov. Bu shunchaki leksiya emas, balki sehrli-IT. Toshkentlik o‘quvchilar nafaqat tinglab, balki oddiy bo‘lmagan savollar berib, o‘zlarining birinchi raqamli loyihalarini tayyorlashgani juda quvonarli”.

“Rossiya segodnya” XAA – muntazam tahririyat amaliyotida virtual va kengaytirilgan reallikdagi loyihalarni joriy etish usullari izlovchi Rossiyadagi birinchi axborot agentligi, deya qayd etdi “Rossiya segodnya” XAA Eksperement loyihalarni ishlab chiqish markazi Daler Fatixov.

“Asosiy ustuvor vazifalar ishlab chiqarishning sur’ati va narxi hamda ko‘lamligi bo‘ldi, - dedi u. – Biz vazifalar allaqachon borligi, biroq buni hal qiluvchilar hozirda tahsil olayotganini tushunib turibmiz”.

Daler Fatixovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ommaviy axborot vositalari bu muhitda qanday omon qolishini to‘liq tushunadigan tayyor mutaxassislar yo‘q. Virtual va kengaytirilgan reallikda loyiha tayyorlovchi jamoalar esa “bitta bitta” dunyo bo‘ylab yig‘ilmoqda.

"Shuning uchun biz maktab o‘quvchilari bilan virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari to‘g‘risida suhbat qurish juda muhim deb o‘ylaymiz. Ular qanday ishlashi, qanday muammo va istiqbollar mavjudligi to‘g‘risida hikoya qilib berish lozim. Loyihalarni ham ko‘rsatish, albatta, maqsadga muvofiq. Bular o‘quvchilarni qiziqtirishi va kelajakda qaysi kasbni egallashlari borasida bir to‘xtamga kelishlariga yordam berishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi Fatixov.

 

Kiritildi: 15:30 12.11.2019. O'qildi: 2803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!