Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentlik erkakni kaltaklashdi. U kasalxonada

Toshkentlik erkakni kaltaklashdi. U kasalxonada

Toshkent viloyati. 2020 yil 30 may kuni soat 18:00 da 30 yoshli J.B., Olmaliq shahar Poklonskaya ko‘chasida joylashgan uylar oldida, tanishi  32 yoshli S.D., bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan, janjal oqibatida J.B., tayoq bilan S.D., ni bosh qismiga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining yozishicha, S.D. olgan tan jarohati bilan Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga murojat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:48 05.06.2020. O'qildi: 2911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!