Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentlik erkak xotinini pichoqlab o‘ldirib, so‘ng o‘zini pichoqladi

Toshkentlik erkak xotinini pichoqlab o‘ldirib, so‘ng o‘zini pichoqladi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida mudhish qotillik yuz berdi. Mast holdagi er xotinini pichoqlab o‘ldirib so‘ng o‘z joniga suiqasd qildi. Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, voqea 13 yanvar kuni soat 03:00 larda sodir bo‘lgan.

Muqaddam sudlangan 32 yoshli YU.A. mast holatda 31 yoshli xotini L.A. bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan chap orqa ko‘krak qafasi sohasi va bel sohasi chap yonbosh qismiga urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng o‘zining chap qo‘l bilak sohasini kesib, qorin sohasi o‘ng tomon pastki qismiga to‘rt marotaba pichoq bilan sanchib, joniga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan YU.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 20:30 14.01.2020. O'qildi: 2111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!