Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentlik ayol 8 oy davomida yashirib kelgan "Lasetti" topildi

Toshkentlik ayol 8 oy davomida yashirib kelgan "Lasetti" topildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining 30.08.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Z.Sultonovadan undiruvchi I.Toxirjonovga Lasetti rusumli 01 K 164 QA davlat belgili avtomashinani qaytarish belgilangan.

Davlat ijrochisi tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddat davomida qarzdor Z.Sultonova Lasetti avtomashinasini topshirishni xohlamasdan berkitib qo‘ygan. Shunga ko‘ra, davlat ijrochisi 27.09.2018 yilda avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilgan.

Qarangki, 8 oy deganda qarzdor Z.Sultonova yashirib kelgan avtomashina Byuroning axborot ta’minoti va qidiruv guruhi xodimlari tomonidan topildi va undiruvchi I.Toxirjonovga topshirilgan.

Shu kabi, birgina Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘ndan ortiq transport vositalari qarzdorlar yashirib qo‘ygan joylardan topilib, ijroga qaratilgan.   

Kiritildi: 18:09 12.06.2019. O'qildi: 2866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!