Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentga qatnaydigan kirakash xotinini o‘ldirdi, nega?

Toshkentga qatnaydigan kirakash xotinini o‘ldirdi, nega?

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashagan 52 yoshli er o‘z xotinini rashk sababli pichoqladi.

Bu haqda viloyat prokuraturasi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Azizbek Akramov "Huquq" gazetasiga ma’lum qildi.

Qo‘qon-Toshkent yo‘nalishida kirakashlik qilgan er o‘zining sha’riy xotinini o‘ta rashk qilib yurgan.

Qo‘qon buyum bozorida savdo qiluvchi ayol savdo ortidan avtomashina sotib olgach rashk yanada kuchaya borgan.

Rashk tufayli erkak ayolining mashinasi moy qopqog‘ini ochib qo‘ygan, shu yo‘l bilan uni portlatib yuborishni ko‘zlagan. Ammo mo‘’jiza tufayli portlashga qadar ayol mashinasini ustaga ko‘rsatgan.

Kelishmovchiliklarning biri esa qotillik bilan tugagan, erkak xotinini pichoqlagan, so‘ng o‘z joniga qasd qilish uchun uyqu dori ichgan. 

Asossiz rashk tufayli ayoli joniga qasd qilgan erkak 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Sudda u xotinini o‘ldirmoqchi bo‘lmagani, qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 17:04 05.07.2019. O'qildi: 4027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!