Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Ahmad Donish ko‘chasida yangi yer usti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi sababli, 4 avgustda kun davomida shu ko‘chaning Bog‘iravon 2-tor ko‘chasi bilan kesishmasidan Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasigacha bo‘lgan qismi (yo‘lning ikki qatori) transport vositalari harakati uchun qisman yopiladi.
"Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", - deyiladi xabarda.