Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentdagi maktablarda o‘qituvchilar «Tashabbusli budjet» loyihasi bo‘yicha ovoz yig‘ishga majburlandimi?

Toshkentdagi maktablarda o‘qituvchilar «Tashabbusli budjet» loyihasi bo‘yicha ovoz yig‘ishga majburlandimi?

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod hamda Mirobod tumanidagi ayrim maktablarda o‘qituvchilarning «Tashabbusli budjet» loyihasi bo‘yicha ovoz yig‘ishga majburlanayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ishchi guruhi o‘rganish olib bordi. Unga ko‘ra, xabarda tilga olingan holatlar poytaxt umumta’lim maktablarida aniqlanmadi va o‘z isbotini topmadi.

Jumladan, Mirobod tumanidagi maktab o‘qituvchilar telegramm guruhidagi yozishmalar «skrinshoti» esa 2023 yil sentyabr oyidagi eski xabar ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 19:52 28.03.2024. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!