Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda yo‘lovchi talashgan haydovchilar mushtlashishdi

Toshkentda yo‘lovchi talashgan haydovchilar mushtlashishdi

Toshkentda yo‘lovchi talashgan haydovchilarning mushtlashuvi jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan yakunlandi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 24 sentyabr kuni Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi avtoturargohda 23 yoshli Anvar N. va 21 yoshli Shahboz U.lar orasida yo‘lovchi talashganliklari sababli kelishmovchilik yuzaga kelgach, biri ikkinchisini urgan.

Ertasi kuni Shahboz U. avtoturargohga tanishlari – 39 yoshli O‘ktam K. va 20 yoshli Abbas U.lar bilan kelgan. Anvar N. O‘ktam K. bilan gaplashib turganidan foydalanib, Shahboz U. uning orqasidan kelib Anvarni ura boshlagach, unga Abbos U. ham qo‘shilgan. O‘ktam K. esa ularni ajratgan.

Ma’lum qilinishicha, janjaldan so‘ng Anvar N. tibbiy yordam uchun murojaat qilgan, ammo shifokorlarga ehtiyotsizligi sababli yiqilganini aytgan.

Bir necha kundan do‘pposlangan haydovchining otasi internet tarmog‘ida videoni ko‘rib, Jizzax viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilgan.  Ariza hodisa sodir bo‘lgan hududdagi ichki ishlar organi – Chilonzor tumani IIO FMBga yo‘naltirilgan.

Ushbu hodisa yuzasidan “Bezorilik” moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

 

Kiritildi: 13:50 12.10.2019. O'qildi: 2359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!