Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda “Yandex Go” binosiga bostirib kirishdi

Toshkentda “Yandex Go” binosiga bostirib kirishdi

Toshkent shahar. 2022 yil 05 noyabr kuni soat 17:40 larda noma’lum shaxs o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani Botkina ko‘chasida joylashgan “Yandex Go” binosiga, guyoki o‘zini mijoz sifatida ko‘rsatib bino ichiga kirib, “New Impluse” operatori 30 yoshli N.E.ning sochidan ushlab, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan harakatlari bilan bo‘yin qismiga yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jisimni tirab, bor pullarini berishini talab qilib, 200.000 so‘m atrofida pullarni olib, noma’lum tomonga ketib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.

Mazkur jinoyat ishi Yashnobod tumani IIO FMB TB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 46 yoshli I.P. sodir etganligi aniqlanib, u prosessual tartibida ushlangan.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan bosqinchilikka qo‘l urganligi aniqlanmoqda.

Kiritildi: 17:39 09.11.2022. O'qildi: 5718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!