Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda o‘smirlardan iborat jinoiy guruh fosh bo‘ldi

Toshkentda o‘smirlardan iborat jinoiy guruh fosh bo‘ldi

Toshkent viloyati. Muqaddam sudlangan 23 yoshli E.B., tanishlari 22 yoshli F.M., 23 yoshli M.K. va O.T., lar bilan jinoiy til biriktirib, 2020 yilning 27 iyun kunidan 05 iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, tungi vaqtda Chirchiq shahri hududida 5 nafar fuqarolarning turli rusumdagi avtomashinalari old eshiklarini bir xil usulda buzib ochishib, avtomashina ichidagi narsa-buyum va naqd pullarni talon-toroj qilib, jami 12.410.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazganlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida jinoyatchilar prosessual tartibda ushlanib, ulardan o‘g‘irlangan buyumlarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, E.B., F.M., M.K. va O.T., lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib. “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborilgan.

Kiritildi: 14:57 13.08.2020. O'qildi: 3021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!