Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda Spark avtomobili o‘g‘risi qidirilmoqda (foto)

Toshkentda Spark avtomobili o‘g‘risi qidirilmoqda (foto)

13 avgust kuni soat 20:30 da Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan temiryo‘l boshqarmasi oldida turgan Spark avtomobili o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda IIBB  matbuot xizmati xabar berdi.

Hududga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari mashinaga o‘tirgan erkakning yuzini yozib olishga ulgurgan. Hozirda gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Toshkent shahar IIBB befarq bo‘lmagan fuqarolardan mashinani o‘g‘irlab qochishga aloqador ushbu shaxsni qo‘lga olishda yordam ko‘rsatishlarini so‘ramoqda.

Gumonlanuvchining belgilari: Yoshi 25—30 atrofida, bo‘yi 175—180 santimetr.

Tergovga foydasi tegishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali qabul qilinadi: 102, (71) 232-30-40, (71) 232-40-50 yoki (99) 889-78-58.

Kiritildi: 12:18 17.08.2019. O'qildi: 2075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!