Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda qidiruvga berilgan erkak Jizzaxda qo‘lga olindi

Toshkentda qidiruvga berilgan erkak Jizzaxda qo‘lga olindi

31 iyul kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari Samarqand viloyati IIBdagi hamkasblari bilan hamkorlikda Jizzax viloyati hududida 30 yoshli O‘roqboy J.ni qo‘lga olishdi. O‘roqboy J. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-moddasida («Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash») ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi sababli Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingandi.

Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi.

Shuningdek, 1 avgust kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Jizzax viloyati hududida 26 yoshli Otaboy I. qo‘lga olindi. U 2019 yilning dekabr oyida Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasida («Firibgarlik») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e’lon qilingan. Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi.

Kiritildi: 17:37 04.08.2020. O'qildi: 3067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!