Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda OTBga a’zo davlatlar rahbarlarining ilk sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda

A A A
Toshkentda OTBga a’zo davlatlar rahbarlarining ilk sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Bu haqda Vashingtonda OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti bosh direktori Verner Lipax ma’lum qildi. 

29 may kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi tomonidan OTBning Shimoliy Amerikadagi vakolatxonasi ishtirokida davra suhbati o‘tkazilgan.   

Suhbat davomida OTB bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, AQSh kompaniyalarining O‘zbekistonda infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilish masalalari muhokama qilingan. 

Lipak O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi prognozlariga to‘xtalib, “O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda eng ko‘p aholiga egaligi, boy tabiiy zaxiralar hamda strategik joylashgani uning iqtisodiy jihatdan yanada o‘sishi va ishlab chiqarishining oshishiga sharoitlar yaratishini” ta’kidlab o‘tgan.

2010 yilda Toshkentda OTB boshqaruvchilari kengashining 43-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.

Kiritildi: 18:04 03.06.2018. O'qildi: 1461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!