Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda "“Nexia-3” nega to‘siq va temir ustunga urildi?

Toshkentda "“Nexia-3” nega to‘siq va temir ustunga urildi?

Telegram messedjerida Shayxontohur tumanida yo‘l-transport hodisasi joyida yozilgan video tarqamoqda. Ushbu fakt bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, 2019 yil 18-noyabr kuni soat 20:45 da J.M. “Nexia-3” rusumli avtomobilida Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan. Boshqaruvni bajara olmasdan harakat yo‘nalishlarini ajratib turuvchi to‘siqqa va yorituvchi temir ustunga urilgan. To‘qnashuv oqibatida transport vositasi 24 yoshli K.SH. boshqarib borgan “Matiz” rusumli avtomobilga urilgan.  

Yo‘l-transport hodisasi natijasida “Matiz” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 21 yoshli N.SH.ga tan jarohatlari oldi va shifoxonaga yetkazildi. Shuningdek yo‘ldagi ustun va uchta to‘siqqa zarar yetgan.

Kiritildi: 17:16 20.11.2019. O'qildi: 2344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!