Bugun 10 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda milliy taomlar festivali tashkil etiladi

Toshkentda milliy taomlar festivali tashkil etiladi

Har yilgi «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (904-son, 05.11.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi BMTning Butunjahon turizm tashkiloti ko‘magida har yili noyabr oyi uchinchi haftasining chorshanba-juma kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Yarmarka doirasida «Ipak yo‘li ta’mi» milliy taomlar festivali va «Sharq bozori» ekspozisiyasi tashkil etiladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2020 yildan boshlab har yili yarmarka boshlanishidan kamida 6 oy avval, yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish uchun pullik asosda ushbu yo‘nalishda ixtisoslashgan tashkilotlarni tanlov asosida jalb etadi.

Yarmarkani o‘tkazish doirasida ishtirokchilarning xalqaro aviareyslar, ovqatlanish, yashash va reklama materiallarining ko‘rgazma stendlarini o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlari ishtirokchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

 

 

Kiritildi: 10:20 07.11.2019. O'qildi: 7866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!