Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda Milliy gvardiya ayol kishini muqarrar o‘limdan saqlab qoldi

Toshkentda Milliy gvardiya ayol kishini muqarrar o‘limdan saqlab qoldi

Joriy yilning 7 aprel kuni soat 09.45 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Qichqiriq” kanali atrofida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmatining xodimlarini notanish yo‘lovchi to‘xtatib, kanalda odam cho‘kayotganligi yuzasidan xabar bergan.
Shundan so‘ng, xodimlar tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda kanal bo‘yidagi daraxtga tirmashib turgan fuqaroni suvdan arqon yordamida qutqarib olib, birinchi yordam ko‘rsatganlar.
Mazkur fuqaro Olmazor tumanida joylashgan 6-sonli IIBga yetkazilgan. U yerda fuqaroga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilib, mas’ul psixolog xodimi tomonidan suhbat o‘tkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 23:18 07.04.2020. O'qildi: 4903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!