Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda kollej direktori pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Toshkentda kollej direktori pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Toshkentda kollej direktori o‘rinbosari talabadan 400 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir jarayonida Radiotexnika va Avtomatika kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari M.T. fuqaro R.M.ning o‘qishini ushbu kollejning 3-bosqichiga (yuqori tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali) qayta tiklab berishi, shu bilan birga unga kollejni bitirganligi to‘g‘risidagi diplomni olishida yordam berishini aytgan.

“Xizmati”  evaziga esa talabadan 400 dollarni firibgarlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan M.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kiritildi: 17:58 12.12.2019. O'qildi: 2042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!