Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda karantin vaqtida restoranlardan biri ish boshladi. Nega?

Toshkentda karantin vaqtida restoranlardan biri ish boshladi. Nega?

Bugun Toshkentda restoranlardan biri, karantin bo‘lishiga qaramay, ish boshlagan. Bu haqda gazeta.uz xabar qildi.

Bugun Toshkentdagi restoranlarning biri karantin qoidalariga amal qilgan holda ish boshlashi haqida xabarlar tarqaldi. Buning natijasida tarmoqlarda ushbu holat keskin muhokamlalarga sabab bo‘ldi. Chunki Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq tuman (shahar)larni ko‘ngilochar ob’ektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik belgilab qo‘yilgan edi.

Gazeta.uz tahririyatining ma’lum qilishicha, hozirda poytaxt Toshkent shahrida umumiy ovqatlanish joylari uchun karantin qoidalarini yumshatish rejalashtirilmoqda. Shu sababdan ham Toshkentdagi restoranlarning biri tajriba tariqasida tanlangan.

Kiritildi: 18:17 10.05.2020. O'qildi: 9222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!