Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda Jomiy bozorida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Toshkentda Jomiy bozorida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan Jomiy bozori yaqinidagi qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib "Daryo" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yong‘in 22 iyun kuni soat 15:34 da boshlangan. Bir necha daqiqada favqulodda hodisa joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi yetib kelgan.

Yong‘in qutqaruv jangovar bo‘limlari manzilga soat 15:41 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida soat 16:14 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan hamda do‘konlarning 2000 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

 

Yong‘in natijasida qurilish mollari do‘konlarida jami 200 kvadrat metr maydoni yonib ketgan. Hozirda yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kiritildi: 17:31 22.07.2020. O'qildi: 4408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!