Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda ishchi chap qo‘l barmoqlaridan ayrildi, jarohati og‘ir

Toshkentda ishchi chap qo‘l barmoqlaridan ayrildi, jarohati og‘ir

Toshkent shahri. 2021 yil 01 fevral kuni soat 06:30 larda Bektemir tumanida joylashgan “Techno Continental” MCHJning metallagregat sehida ishlovchi 23 yoshli Muxriddin YA., metall kesish uchun mo‘ljallangan dastgohda xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ishlayotgan vaqtida chap qo‘li barmoqlarini kesib olgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida “Techno Continental” MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan texnik qoidalar buzilganligi, ushbu dastgohda ishlash uchun yetarli xavfsizlik choralari ko‘rilmaganligi aniqlangan.

Sud tibbiy ekspertizasida fuqaro Muxriddin YA., “og‘ir” tan jarohatlari olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan “Techno Continental” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 1-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 16:52 17.02.2021. O'qildi: 2674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!