Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda haydovchi va chiptachi bir insonni o‘limdan qutqardi

Toshkentda haydovchi va chiptachi bir insonni o‘limdan qutqardi

Toshkentda haydovchi va chiptachi bir insonni o‘limdan qutqardi, deb xabar qilmoqda “Toshshahartrans” AJ axborot xizmati. 

Ma’lum bo‘lishicha,  Toshkentda 89-avtobus Parkent bozori atrofida harakatlanayotgan bo‘lgan. Avtobus ichida bo‘lgan yo‘lovchilardan birining to‘satdan tobi qochib, xushsiz holga kelgan. Atobus haydovchisi darhol atvobusni yo‘l chetiga to‘xtatib, chiptachi bilan birgalikda yo‘lovchiga yordam berishga shoshgan.

Keyin aniqlanishicha, yo‘lovchining tutqanoq kasali xuruj qilgan va tilini yutib, uning vafot etishiga bir bahya qolgan. Haydovchi va chiptachi tomonidan ko‘rsatilgan birinchi yordam natijasida haydovchi Q.D. omon qolgan. “Toshshahartrans” AJ rahbariyati tomonidan haydovchi va chiptachi moddiy va ma’naviy taqdirlanishgan.

 

Kiritildi: 14:33 20.01.2020. O'qildi: 2139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!