Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda buxorolik erkakka kuch ishlatib, pullarini olib qo‘yishdi

Toshkentda buxorolik erkakka kuch ishlatib, pullarini olib qo‘yishdi

Yaqinda poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylarning biri oldida asli buxorolik Alisher Akbarovni (voqea ishtirokchilarining ism-shariflari o‘zgartirildi) Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi Karim Norbekov, Umar Xalilov hamda Dilshod Qosimovlar kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, uning cho‘ntagidagi 100 AQSh dollari va 735 ming so‘m pullarini olib, “juftakni rostlab qolishadi”.

Shundan so‘ng, jabrlanuvchining ichki ishlar organlariga yordam so‘rab qilgan murojaati asosida, zudlik bilan ishga kirishgan osoyishtalik posbonlari darhol jinoyatchilarni qo‘lga olib, qonun hukmiga havola etishdi.

Endilikda, qilgan aybi uchun uyatdan boshi egilayotgan bu kimsalar, albatta, qilmishiga yarasha jazo olishi shubhasiz.

Kiritildi: 19:43 13.07.2021. O'qildi: 2210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!