Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bunyodkor ko‘chasining ichki dublyori vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.

24/7 Bunyodkor yangi sayr-gastro ko‘chasida yirik tadbir o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chaning ichki dublyori 12 sentyabr soat 07:00 dan 15 sentyabr soat 07:00 gacha transport harakati uchun yopiq bo‘ladi.

Bunyodkor ko‘chasining o‘zi hamda ko‘chaning tashqi dublyori yopilmaydi.

“Yo‘nalishlaringizni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olishingizni va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanishingizni so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:24 10.09.2025. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!