Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda avtomobil yo‘llari bo‘ylab pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi

Toshkentda avtomobil yo‘llari bo‘ylab pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi

Toshkentda avtomobil yo‘llari bo‘ylab pullik avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi, xususiy investorlarni jalb qilgan holda ko‘p qavatli avtomobil saqlash joylarini qurish dasturlari tasdiqlanadi. Bu Prezidentning 15 avgustdagi farmoni bilan belgilandi.

2018 yil 1 oktyabrdan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilinadi, ular Soliq kodeksida belgilangan tartibda yagona soliq to‘lovi yoki boshqa umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tkaziladi. 

Avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlari, joylashuvidan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beradigan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlanganda amalga oshiriladi.

Hujjatga ko‘ra, eng yuqori ijara to‘lovlari va investisiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan yo‘l harakati sohasida innovasiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik sub’ektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga beriladi.

 

Kiritildi: 11:37 16.08.2018. O'qildi: 1659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!